O‘zbekistonda yangi aviakompaniya tashkil qilingani rad etildi

Jamiyat

image

O‘zbekistonda yangi "GAB Airlines" aviakompaniyasi tashkil etilgani va Airbus-320 va Airbus-330 havo kemalarida parvozlarni amalga oshirishi haqida xabarlar tarqaldi. Biroq bu haqiqatga to‘g‘ri kelmaydi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi huzuridagi fuqaro aviatsiyasi agentligi ma’lum qildi.

Bildirilishicha, fuqaro aviatsiyasida havo kemalaridan foydalanish bilan bog‘liq bo‘lgan har qanday faoliyatni amalga oshirish uchun, O‘zbekiston Respublikasi Havo kodeksi va Litsenziyalash, ruxsat berish va xabardor qilish tartib-taomillari to‘g‘risida qonun talablariga muvofiq har qanday yuridik shaxs “O‘zaviatsiya” agentligidan belgilangan tartibda havo kemasi ekspluatanti sertifikatini olishi shart. Faqatgina havo kemasi ekspluatanti sertifikatini olgandan keyingina aviakompaniya maqomini olish mumkin va havo kemalarida havo tashuvlarini amalga oshirish huquqiga ega bo‘ladi.

"O‘zini "GAB Airlines" aviakompaniyasi deb atayotgan tashkilot bugungi kunga qadar “O‘zaviatsiya” agentligiga havo kemasi ekspluatanti sertifikatini olish uchun ariza va havo kemasini sotib olgani yoki ijaraga (lizingga) olgani haqidagi hujjatlarni taqdim etmagan", deyiladi xabarda.


Maqola muallifi

Teglar

aviakompaniya

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing