O‘zbekistonda yangi haftada qanday ob-havo bo‘lishi e’lon qilindi

Jamiyat

image

O‘zgidromet  29-yanvardan  2-fevralgacha kuzatilishi mumkin bo‘lgan ob-havo ma’lumotini e’lon qildi.

Unga  ko‘ra, bugun 29-yanvar O‘zbekiston hududida nam va sovuq havo kuzatiladi. Respublika bo‘yicha yomg‘ir  yog‘adi, tog‘oldi va tog‘li hududlarda yog‘ingarchilik kuchli bo‘lishi mumkin. Ba’zi joylarda shamol tezligi 17-22 m/s esadi, ayrim hududlarda  25-28 m/s gacha kuchayishi mumkin. Kunduzgi havo harorati pasayadi va 2-7 daraja iliq bo‘ladi, respublika shimolida 3-5 daraja sovuq bo‘ladi.

30-yanvar respublika hududining katta qismida yog‘ingarchilik ehtimoli kamayadi. Toshkent, Andijon, Namangan, Farg‘ona viloyatlarida asosan yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Faqat respublikaning janubida shamol tezligi 15-20 m/s gacha kuchayishi kutilmoqda. Havo harorati kechasi 0-5 daraja sovuq, kunduzi 2-7 daraja iliq bo‘ladi. Shimolda  esa kechasi 8-13 daraja, kunduzi 0-5 daraja sovuq bo‘ladi.

31 yanvar va 1 fevralda respublika hududining katta qismida yog‘ingarchilik kutilmaydi, faqat Toshkent viloyatining ayrim joylarida va Farg‘ona vodiysida biroz yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘lishi mumkin. Havo harorati kechalari 0-5 daraja sovuq, kunduz kunlari 0-5 daraja  iliq, shimolda kechalari 10-15 daraja sovuq, kunduz kunlari 3 daraja sovuq -2 daraja iliq bo‘ladi.

Ushbu ish haftasi davomida respublika bo‘yicha ba’zi joylarda tuman tushishi  kuzatiladi. 

29 yanvardan 31 yanvargacha Toshkent va Namangan viloyatlarining tog‘li hududlarida qor ko‘chishi xavfi bor.

Poytaxtimizda: bugun vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘adi. Shamol g‘arbdan 5-10 m/s tezlikda esadi. Havo harorati kunduzi 5-7 daraja iliqni tashkil etadi.

Seshanba va chorshanba kunlari biroz yog‘ingarchilik (yomg‘ir yog‘adi, qorga aylanadi) bo‘lishi mumkin. Kechasi va ertalab tuman tushishi mumkin. G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan 5-10 m/s tezlikda esadi. 

Havo harorati 30 yanvarda kechasi 1-3 daraja iliq, kunduzi 4-6 daraja iliq, 31 yanvarda kechasi 0-2 daraja sovuq, kunduzi 3-5 daraja iliq bo‘ladi.

1 fevralda asosan yog‘ingarchiliksiz ob-havo bo‘lishi kutilmoqda. Kechasi va ertalab tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 3-8 m/s tezlikda esadi. Havo harorati kechasi 1-3 daraja sovuqni, kunduzi 3-5 daraja iliqni tashkil etadi.


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

ob-havo O'zbekiston

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing