O‘zbekistonda yana restoran, bozor va boshqa ob’ektlar faoliyati to‘xtatilmoqda
Jamiyat
−
08 iyul 2020
11917O‘zbekiston Respublikasiga koronavirus kirib kelishi va tarqalishining oldini olish yuzasidan chora-tadbirlar dasturini qayta tayyorlash bo‘yicha Respublika maxsus komissiyasining qarori bilan joriy yilning 10 iyuldan 1 avgustga qadar karantin choralari kuchaytiriladi.
Unga ko‘ra, quyidagi ob’ektlar faoliyati to‘xtatiladi:
• parklar va istirohat bog‘laridagi attraksionlar;
• buyum bozorlari va buyumlar savdosi bilan shug‘ullanuvchi yirik do‘konlar;
• sport zallari, fitnes klub, trenajer va basseynlar;
• tashkiliy-huquqiy va mulkchilik shaklidan qat’i nazar maktabgacha ta’lim tashkilotlari, o‘quv kurslari va har qanday to‘garaklar;
• umumiy ovqatlanish ob’ektlari (restoran, kafe, oshxona, choyxona) (yetkazib berish (keytering) xizmati bundan mustasno);
• sanatoriylar, pansionatlar, bolalar oromgohlari, mehmon uylari, plyajlar va boshqa dam olish maskanlari.
Eslatib o‘tamiz, yuqoridagilarning barchasi faoliyatiga joriy yilning 5-10 iyunidan ruxsat etilgan edi.
LiveBarchasi