O‘zbekistonda yana karantin bo‘ladimi?
Jamiyat
−
19 avgust
58607
Avvalroq, Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasi boshqarma boshlig‘i Rustamjon Ikramov maymunchechak (M-Pox) kasalligi O‘zbekistonga kirib kelishiga qarshi choralarni kuchaytirayotgani, kasallikning chetdan kirib kelishi va tarqalishini oldini olish borasida xalqaro aeroportlarda, temiryo‘l va avtomobil yo‘llari orqali chegara kesishgan joylarda sanitariya nazorati punktlari mutaxassislarining hushyorligi oshirilganini ma’lum qilgandi. Bu mamlakatda karantin bo‘lishini anglatadimi? QALAMPIR.UZ shu savol bilan tegishli organlarga murojaat qildi.
Bizga ma’lum qilishlaricha, O‘zbekiston Respublikasi hududida biror cheklov o‘rnatilishi uchun rasman karantin e’lon qilinishi va Vazirlar Mahkamasining bu haqdagi qarori qabul qilinishi kerak. Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasi maxsus choralarni kuchaytirish bo‘yicha maxsus qo‘llanma berishi lozim.
Aeroportlarda O‘zbekistonga uchib kelish va ketishda PSR-testlar talab qilinishi, maktablar yopilishi va transport cheklovlari, niqob rejimi kabi choralar uchun ham hukumatning tegishli qarori qabul qilinishi kerak. Hozirda bunday qaror qabul qilinmagan.
Ma’lumot uchun, 14 avgust kuni Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti Kongo Demokratik Respublikasidan qo‘shni davlatlarga tarqalib ketgan epidemiya sababli global sog‘liqni saqlash favqulodda holatini e’lon qilgan bo‘lib, bu ogohlantirishning eng yuqori ko‘rsatkichi hisoblanadi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq virus Shvetsiya, Pokiston va Филиппинда aniqlangani haqida xabar berilgan edi.
LiveBarchasi