O‘zbekistonda yana bir yangi vazirlik tashkil etiladi
Jamiyat
−
03 may 2019 6438 1 daqiqa
O‘zbekistonda Ijtimoiy himoya sohasida alohida mas’ul vazirlik tashkil etiladi. Bu haqda Bosh vazir o‘rinbosari Aziz Abduhakimov Senatning o‘n to‘qqizinchi yalpi majlisida “Faol investitsiyalar va ijtimoiy rivojlanish yili” Davlat dasturi doirasida birinchi chorakda amalga oshirilgan ishlar bo‘yicha hisoboti vaqtida ma’lum qildi.
”Ijtimoiy sohadagi uzoq vaqtdan beri hammamizni qiynab kelgan bir muammo ya’ni Ijtimoiy himoya sohasida alohida mas’ul vazirlik tashkil etish masalasi ham 2019 yil Davlat dasturiga kiritilgan.
Mazkur masala bo‘yicha Deputatlar va Senatorlarimiz tavsiyalarini berganlar. Bosh vazirimizning mazkur masala yuzasidan aniq topshiriqlari chiqdi. Albatta qisqa muddatlarda mazkur topshiriq bajariladi”, deya gapirib o‘tgan Abduhakimov.
Live
BarchasiNamanganda yana zilzila bo‘ldi
06 dekabr