O‘zbekistonda yana bir odam koronavirusdan vafot etdi

Jamiyat

image

Bugun, 28 mart holatiga O‘zbekistonda COVID-19 koronavirus infeksiyasidan halok bo‘lganlar 1 nafarga ortib, jami 2 nafarga yetdi. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi Matbuot xizmati xabar berdi.

“Oxirgi kun davomida 1 nafar bemor (erkak)da o‘lim holati qayd etildi”, deyilgan vazirlik xabarida.

Marhumning yoshi, hududi va o‘lim sababiga aniqlik kiritilmagan.

Avvalroq, namanganlik koronavirusga chalingan ayol miokard infarktidan vafot etgandi.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda koronavirusni yuqtirib olish bilan bog‘liq ilk holat joriy yilning 15 mart kuni qayd etilgan edi. Ayni vaqtga kelib, O‘zbekistonda koronavirusga chalinganlar 104 nafarga yetdi.

Qadrli yurtdoshlar, karantin davrida zarurat bo‘lmasa, ko‘chaga chiqmang. Vaqtni oilangiz, farzandlaringiz davrasida o‘tkazing. Unutmang, #UydaHayotBor


Maqola muallifi

Teglar

karantin koronavirus

Baholaganlar

2009

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing