O‘zbekistonda yana bir masjid foydalanishga topshirildi

Jamiyat

image

Namanganda yana bir masjid davlat ro‘yhatidan o‘tkazildi. Bu haqda Din ishlari bo‘yicha qo‘mita Matbuot xizmati xabar berdi.

Ma’lum bo‘lishicha, joriy yilning 11 sentyabr kuni Namangan viloyati Adliya boshqarmasi tomonidan "Usmon Zunnurayn" masjidi ro‘yxatdan o‘tkazilgan. Viloyatda yangidan qurilgan diniy tashkilotga ro‘yxatdan o‘tkazilgani to‘g‘risidagi guvohnoma topshirilgan. Endilikda viloyatdagi masjidlar soni 188 taga yetgan.

Ma’lumot uchun, endilikda O‘zbekistondagi masjidlar soni 2074 taga yetdi. Masjidlar soni ko‘pligi bo‘yicha Samarqand viloyati respublikada yetakchi o‘rinda turadi. 

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 5 sentyabr kuni Toshkent viloyatining Yuqori Chirchiq tumanida ham yangi masjid foydalanishga topshirilgan edi.

Ahrorbek Hayrullayev


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Namangan masjid

Baholaganlar

67

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing