O‘zbekistonda yana 52 nafar odam koronavirusdan sog‘aydi

Jamiyat

image

Toshkent va Xorazmda 52 nafar odam koronavirusdan butkul sog‘aydi. Bu haqda bugun, 22 aprel kuni Sog‘liqni saqlash vazirligi xabar berdi.

"Urganch shahar tibbiyot birlashmasidan 13 nafar, viloyat endokrinologiya dispanseridan 21 nafar, viloyat yuqumli kasalliklar shifoxonasida 1 nafar, shuningdek, poytaxtimizdagi Virusologiya ilmiy-tekshirish instituti klinikasidan yana 17 nafar jami 52 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan bemorlar butunlay sog‘aydi. Ular sog‘liqni saqlash boshqarmasi mas’ullari ishtirokida reabilitatsiyaga kuzatildi" deyiladi xabarda.

Ta’kidlanishicha, Xorazm viloyatida sog‘ayganlarning 31 nafari barchasi Rossiyadan charter reys bilan kelishgan, koronavirus infeksiyasi tasdiqlangach, viloyatdagi shifoxonalariga joylashtirilgan. Qolgan 4 nafari esa koronavirus infeksiyasiga chalingan bemorlar bilan muloqot orqali kasallikni yuqtirib olishgan. Ulardan 29 nafari erkak, 6 nafari ayollardir. Bemorlarning 6 nafari Buxorodan, 5 nafari Xorazmdan, 4 nafardan Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Andijondan, 3 nafardan Farg‘ona va Qashqadaryo viloyatlaridan, 2 nafardan Namangan, Sirdaryo,  Toshkent viloyatlari va Toshkent shahridan bo‘lsa, 1 nafardan Jizzax va Surxondaryo viloyatlaridan. Ular orasida eng yoshi kattasi 58 yoshda bo‘lsa, eng yoshi kichigi 7 yoshda.

Shuningdek, poytaxtda sog‘aygan bemorlarning barchasi Toshkent shahridan. Ulardan 16 nafari koronavirusga chalinganlar bilan muloqotda bo‘lib, infeksiya yuqtirib olgan. 1 nafari Londondan Toshkentga kelgan. Bemorlardan 4 nafari erkak, 13 nafari ayollardir.  Ular orasida eng yoshi kattasi 69 yoshda bo‘lsa, eng yoshi kichigi 2020 yil tug‘ilgan (onasi bilan birga reabilitatsiyaga kuzatildi). Samarali davolash muolajalaridan keyin, so‘nggi tekshiruvlar ularda infeksiya yo‘qligini ko‘rsatdi. 

Shunday qilib, mamlakatda ushbu kasallikdan tuzalganlar soni 424 nafarga yetdi.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda koronavirusni yuqtirib olish bilan bog‘liq ilk holat joriy yilning 15 mart kuni qayd etilgan edi. Ayni vaqtgacha virus yuqtirganlar 1692 nafarga yetdi. Bugungacha bemorlarning  7 nafari vafot etgan. 

Qadrli yurtdoshlar, karantin davrida zarurat bo‘lmasa, ko‘chaga chiqmang. Vaqtni oilangiz, farzandlaringiz davrasida o‘tkazing. Unutmang,  #UydaHayotBor

 

Maqola muallifi

Teglar

Koronavirus O'zbekistonda

Baholaganlar

141

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing