O‘zbekistonda yadro tadqiqot reaktori ishga tushirildi

Texnologiya

image

O‘zbekiston Fanlar akademiyasi (FA) ning 4 yil davomida bir paytlar ayrim sabablarga ko‘ra boshqa vazirlik va idoralarga berib yuborilgan ilmiy tadqiqot muassasalari qaytarib berildi. Bu haqda FA bosh ilmiy kotibi G‘ayrat Bahodirov ma’lum qildi.   

“FA ilmiy tadqiqot muassasalari to‘laligicha to‘g‘ridan-to‘g‘ri byudjetdan moliyalashtirishga o‘tkazildi”, dedi u.

Ma’lumotlarga ko‘ra, Yadro tadqiqot reaktori ishga tushirilgan. Yadro reaktori va Yadro fizikasi institutida mavjud uskunalarda O‘zbekiston tibbiyoti ehtiyoji uchun zarur izotoplar ishlab chiqarilmoqda. Ta’kidlanishicha, bu mahsulotlarning xorijiy davlatlarga eksporti ham yo‘lga qo‘yilgan.

G‘ayrat Bahodirovning aytishicha, institutda suv tozalash uskunalari, materiallarni gamma nurlari bilan sterillash texnologiyalari yo‘lga qo‘yilgan. 

“Bular farmatsevtika sanoatida, tibbiyotda qo‘lqoplar va boshqa jihozlarni sterillashda, qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini qayta ishlashda keng qo‘llanilmoqda”, dedi FA bosh ilmiy kotibi.

Bu texnologiya ta’sirida mahsulotlarning xossalari uzoq muddatgacha saqlanadi. Bu kimyoviy ishlov berishga qaraganda ham xavfsiz, ham arzon, ham samarador hisoblanadi.


Maqola muallifi

Teglar

farmatsevtika yadro tadqiqotlari

Baholaganlar

156

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing