O‘zbekistonda uzoq pasayishdan keyin dollar kursi ko‘tarildi
Jamiyat
−
16 mart 2020
15547O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki xorijiy valyutalarning so‘mga nisbatan yangi qiymatini belgiladi.
Unga ko‘ra, 17 martdan e’tiboran valyutalar kursi quyidagicha:
1 AQSH dollari 9520 so‘m 34 tiyinni tashkil etib, o‘tgan haftadagi kursga nisbatan 19 so‘m 80 tiyinga qimmatlashdi.
1 yevro kursi 10 572 so‘m 34 tiyinga baholanib, 149,02 so‘mga arzonlashdi.
Rubl kursi o‘tgan haftaga nisbatan 8 so‘m 63 tiyinga arzonlashdi. Xususan, 1 rubl 130 so‘m 22 tiyin etib belgilangan.
Valyuta qiymatini belgilash chog‘ida O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki mazkur valyutalarni ushbu qiymatda sotish yoki sotib olish majburiyatini olmaydi.
LiveBarchasi