O‘zbekistonda o‘zlashtirish imkoni bo‘lgan 1 million gektardan ortiq maydon mavjud

Jamiyat

image

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 4 iyun kuni qishloq xo‘jaligida yer va suv resurslaridan samarali foydalanish borasidagi ustuvor vazifalarga bag‘ishlangan yig‘ilish o‘tkazdi.

Yer va suv resurslaridan oqilona hamda unumli foydalanilsagina yuqori hosildorlik va baraka bo‘ladi. Lekin so‘nggi 30 yil davomida irrigatsiya tarmoqlariga e’tibor berilmagani va yerga xo‘jasizlarcha munosabatda bo‘lish oqibatida 450 ming gektar sug‘oriladigan maydonlar foydalanishga yaroqsiz holga kelib qoldi. 

Ayni paytda mamlakatimizda o‘zlashtirish imkoni bo‘lgan 1 million gektardan ortiq maydon mavjud. Ushbu yerlarni irrigatsiya ishlarini bajarish va suvni tejovchi texnologiyalarni joriy qilish, kam suv talab qiladigan ekinlar ekish hisobiga o‘zlashtirish choralarini ko‘rish zarurligi aytildi.

Yig‘ilishda ushbu maydonlarni qayta o‘zlashtirish bo‘yicha samarali tizimni joriy qilishga qaratilgan chora-tadbirlar muhokama qilindi. 

Xalqaro tajriba asosida foydalanishdan chiqqan yerlarni davlat-xususiy sheriklik shartlari asosida o‘zlashtirish tartibini yo‘lga qo‘yish zarurligi ta’kidlandi. Bunda investorlar o‘zlashtirilgan yerlarda ekinlarni mustaqil joylashtirish, yer maydonlarini ikkilamchi ijaraga berish va zarur infratuzilma ob’ektlarini qurish huquqiga ega bo‘lishlari lozimligi aytib o‘tildi.

Davlat rahbari Jahon bankining foydalanishdan chiqib ketgan yerlarni bitta tumanda namuna sifatida davlat-xususiy sheriklik asosida o‘zlashtirishga qaratilgan taklifini ma’qullab, tegishli vazirliklar rahbarlariga mazkur loyihani amalga oshirish yuzasidan ko‘rsatmalar berdi.


Maqola muallifi

Teglar

Shavkat Mirziyoyev

Baholaganlar

10

Reyting

2.7

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing