O‘zbekistonda o‘tgan yili kino uchun qancha mablag‘ sarflangani ma’lum bo‘ldi

Jamiyat

image

2018 yilda O‘zbekistonda kino uchun davlat byudjetidan 33,6 mlrd so‘m mablag‘ ajratilgan. Bu haqda “O‘zbekkino” Milliy agentligi hamda Respublika kinoprokat markazi bilan hamkorlikda o‘tkazilgan matbuot anjumanida ma’lum qilindi.

Yuqoridagi mablag‘ milliy kino mahsulotlarini ishlab chiqarish yo‘naltirilgan. Jumladan, 19 ta badiiy, 40 ta hujjatli film, 8 ta multfilm, 2 ta qisqa metrajli filmlar tayyorlanib, Badiiy kengash e’tiboriga havola etildi. ”Zumrasha” bolalar yumoristik kinojurnalining 11 ta to‘plami tayyorlandi. 

Milliy kino mahsulotlari uchun ajratilgan mablag‘ 2017 yilga nisbatan 2,7 barobar o‘sgan bo‘lib, 2019 yilda bu nisbat yanada oshishi rejalashtirilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

O'zbekkino

Baholaganlar

46

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing