O‘zbekistonda o‘rtacha pensiya 10 yilda qanchaga oshdi?

Jamiyat

image

2025 yilda O‘zbekistonda o‘rtacha oylik pensiya miqdori 1 mln 649,2 ming so‘mni tashkil etdi. Bu haqda Milliy statistika qo‘mitasi xabar berdi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, o‘rtacha oylik pensiya miqdori yillar kesimida quyidagicha bo‘lgan.

  • 2016 yil – 494,2 ming so‘m;
  • 2017 yil – 556,8 ming so‘m;
  • 2018 yil – 640,5 ming so‘m;
  • 2019 yil – 733,2 ming so‘m;
  • 2020 yil – 848,5 ming so‘m;
  • 2021 yil – 963,6 ming so‘m;
  • 2022 yil – 1 mln 80,8 ming so‘m;
  • 2023 yil – 1 mln 234,5 ming so‘m;
  • 2024 yil – 1 mln 495,6 ming so‘m;
  • 2025 yil – 1 mln 649,2 ming so‘m.

Raqamlardan ko‘rinib turibdiki, pensiya miqdori ayniqsa 2023–2025 yillarda sezilarli oshgan. Xususan, 2023 yilda 1 mln 234,5 ming so‘m bo‘lgan o‘rtacha pensiya 2024 yilda 1 mln 495,6 ming so‘mga, 2025 yilda esa 1 mln 649,2 ming so‘mga yetgan.

Shunday qilib, 2016 yilga nisbatan 2025 yilda o‘rtacha oylik pensiya 3,3 barobarga oshgan. O‘n yil davomida uning nominal qiymati 1 mln 155 ming so‘mga ko‘paygan.

Biroq pensiya miqdoridagi nominal o‘sishni pensionerlarning real daromadi sifatida baholashda inflyatsiya va iste’mol narxlarining o‘zgarishini ham hisobga olish lozim.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekistonda to‘liq ish stajiga ega bo‘lmagan holda pensiyaga chiqayotgan fuqarolar ulushi keskin oshgani haqida xabar berilgan edi.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing