O‘zbekistonda o‘rtacha oylik qancha?
Jamiyat
−
28 aprel 2021
726542021 yil yanvar-mart oyida korxona ishchilarining o‘rtacha oylik nominal hisoblangan ish haqlari 2,87 mln so‘mni tashkil qilgan. Bu o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 11,3 foiz yuqori. Bu haqda Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlarida keltirilmoqda.
O‘rtacha oylik ish haqining eng yuqorisi moliyaviy va sug‘urta iqtisodiy faoliyatida (6,46 mln so‘m), axborot va aloqa (4,83 mln so‘m) sohasida, eng kami – ta’lim (2,24 mln so‘m) va sog‘liqni saqlash va ijtimoiy xizmat ko‘rsatish sohasida (2,04 mln so‘m) qayd etilgan.
O‘rtacha oylik nominal hisoblangan ish haqi tarkibiga qo‘shimcha to‘lovlar, mukofot pullari, rag‘batlantiruvchi to‘lovlar, kompensatsiya va ishlamagan vaqti uchun to‘lovlar, shuningdek, jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i va kasaba uyushmasiga ajratmalar kiradi.
LiveBarchasi