O‘zbekistonda o‘rtacha oylik qancha?

Jamiyat

image

O‘zbekistonda o‘rtacha oylik ish haqi 5 mln so‘mga yetdi. Bu haqda Statistika agentligi ma’lumot berdi.

Joriy yilning yanvar-iyun oylarida O‘zbekistonda o‘rtacha oylik nominal hisoblangan ish haqi 5 million 92 ming so‘mga yetgan. Bu ko‘rsatkich 2023 yilning mos davrida 4 million 337 ming so‘m bo‘lgan. 2024 yil yanvar-iyun davri uchun ma’lumotlar dastlabki, o‘tgan davrlar uchun ma’lumotlar yakuniy hisoblanadi.

Shuningdek, Statistika agentligi xabariga ko‘ra, yarim yil mobaynida hududlar bo‘yicha o‘rtacha oylik nominal hisoblangan ish haqining eng yuqori ko‘rsatkichlari Toshkent shahrida (8,4 mln so‘m), Navoiy (6,6 mln so‘m), Toshkent (4,9 mln so‘m), Andijon (4,4 mln so‘m) viloyatlari hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasida (4,2 mln so‘m) kuzatildi.

Ma’lum bo‘lishicha, 6 oy davomida hududlar bo‘yicha o‘rtacha oylik nominal hisoblangan ish haqining eng yuqori o‘sish sur’atlari Toshkent shahrida (20,2 foiz), Samarqand (18,2 foiz), Andijon (17,6 foiz), Farg‘ona (16,8 foiz) hamda Navoiy (16,2 foiz) viloyatlarida kuzatilgan.

O‘rtacha oylik ish haqlari iqtisodiy faoliyat turlari bo‘yicha quyidagicha:

  • bank, sug‘urta, lizing, kredit va vositachilik faoliyati – 14,4 million so‘m;
  • axborot va aloqa – 12,4 million so‘m;
  • tashish va saqlash – 7,7 million so‘m;
  • sanoat – 6,2 million so‘m;
  • savdo – 5,9 million so‘m;
  • qurilish – 5,4 million so‘m;
  • yashash va ovqatlanish xizmatlari – 4,6 million so‘m;
  • ta’lim – 3,5 million so‘m;
  • sog‘liqni saqlash va ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatish – 3,3 million so‘m.

O‘ralova  Charos


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

O'zbekiston o'rtacha oylik

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing