O‘zbekistonda umrbod oylik to‘lanadigan sportchilar soni qancha?

Sport

image

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 10 avgustdagi qaroriga asosan, Olimpiya va Paralimpiya o‘yinlari g‘olib va sovrindorlari uchun umrbod oylik to‘lovlar to‘lab boriladi.

Hozirda umrbod oylik to‘lov to‘lab boriladigan Olimpiya va Paralimpiya o‘yinlari g‘olib va sovrindori soni 57 nafarga yetgan.

Agar sportchi O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligidan chiqsa yoki musobaqada boshqa davlat nomidan ishtirok etsa, butunjahon antidoping tashkiloti (WADA) tomonidan taqiqlangan dori vositalari qo‘llagani aniqlanib, Olimpiya va Paralimpiya g‘olib va sovrindorligidan mahrum etilsa, sud qaroriga muvofiq ozodlikdan mahrum etilsa yoki vafot etsa, umrbod oylik to‘lovi to‘xtatiladi.

Ta’kidlash joizki, sportchi kelgusi Olimpiya va Paralimpiya o‘yinlarida yana g‘olib va sovrindor bo‘lsa, unga umrbod oylik to‘lovlar oshirilgan miqdorda to‘lanadi.


Maqola muallifi

Teglar

Olimpiada sovrindor Paralimpiya o'yinlari

Baholaganlar

145

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing