O‘zbekiston OTMlarida o‘quv yili 2 sentyabrdan boshlanishi rostmi? Vazirlik izoh berdi
Jamiyat
−
02 aprel 2020
15579Ijtimoiy tarmoqlarda O‘zbekiston Respublikasidagi barcha oliy ta’lim muassasalarida o‘qish 2020 yilning 2 sentyabridan boshlanishi to‘g‘risidagi xabarlar tarqalmoqda. Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi mazkur xabarlarni asossizligini ma’lum qildi.
"Talabalarning oliy ta’lim muassasalariga qaytishi Respublika Maxsus komissiyasi qaroriga muvofiq, mamlakatimizdagi karantin holatining bekor qilinishiga bog‘liq" deyiladi vazirlik xabarida
Ta’kidlashicha, vazirlik “Mening Yurtim” telekanali bilan hamkorlikda “Auditoriya”, “UzReport” telekanali bilan hamkorlikda “Teledars” ko‘rsatuvlari yo‘lga qo‘yilgan. Shuningdek, Telegram messenjerida @education_online kanali tashkil etilgan.
Shuningdek, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi aholi o‘rtasida vahima tarqalishiga sabab bo‘ladigan ma’lumotlar tarqatish jinoiy javobgarlikka sabab bo‘lishini eslatib o‘tgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq, yuqumli kasalliklar haqida yolg‘on ma’lumot tarqatganlik uchun jazo kuchaytirilgani haqida xabar bergan edik.
LiveBarchasi