O‘zbekistonda o‘g‘il bolalar ko‘p tug‘ilyaptimi yoki qizlar?
Jamiyat
−
11:07
1334Joriy yil boshidan beri O‘zbekistonda tug‘ilayotgan chaqaloqlarning deyarli 52 foizi o‘g‘il bolalar ekani ma’lum bo‘ldi. Bu haqda Statistika agentligi xabar berdi.
Qayd etilishicha, 2024 yilning yanvar-sentyabr oylarida O‘zbekistonda jami 693,9 mingta tug‘ilish qayd etilgan. Shulardan shaharlarda tug‘ilganlar soni 343,4 ming (49,5 foiz), qishloqlarda tug‘ilganlar soni esa 350,5 ming (50,5 foiz). Tug‘ilganlarning 51,9 foizini o‘g‘il bolalar (360,0 ming), 48,1 foizini esa qiz bolalar (333,9 ming) tashkil etadi.
Quyida tug‘ilishlar soni raqamlarda va foizlarda oylar kesimida keltirilgan:
Yanvar
- O‘g‘il bolalar: 51,9% (34 631)
- Qiz bolalar: 48,1% (31 538)
Fevral
- O‘g‘il bolalar: 51,9% (33 988)
- Qiz bolalar: 48,1% (31 332)
Mart
- O‘g‘il bolalar: 51,8% (35 357)
- Qiz bolalar: 48,2% (32 900)
Aprel
- O‘g‘il bolalar: 51,8% (35 751)
- Qiz bolalar: 48,2% (33 060)
May
- O‘g‘il bolalar: 52,2% (38 026)
- Qiz bolalar: 47,8% (34 865)
Iyun
- O‘g‘il bolalar: 52,0% (36 977)
- Qiz bolalar: 48,0% (34 745)
Iyul
- O‘g‘il bolalar: 51,7% (47 270)
- Qiz bolalar: 48,3% (44 170)
Avgust
- O‘g‘il bolalar: 51,9% (46 225)
- Qiz bolalar: 48,1% (42 855)
Sentyabr
- O‘g‘il bolalar: 51,8% (48 422)
- Qiz bolalar: 48,2% (45 099)
Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekistonda so‘nggi 9 oyda tug‘ilish kamayib, vafot etganlar soni oshgani haqida xabar berilgandi. 2024 yilning 1 oktyabr holatida O‘zbekistonning doimiy aholisi soni 37 mln 355,4 ming nafarga yetgan. Umumiy aholining 50,4 foizini erkaklar, 49,6 foizini esa ayollar tashkil qilmoqda. 9 oyda 179,4 ming nikoh tuzilgan bo‘lsa, 34 mingta ajrashish qayd etilgan. 193,5 ming kishi O‘zbekistondan chetga ko‘chib ketgan, 186,6 ming kishi ko‘chib kelgan.
LiveBarchasi