O‘zbekistonda to‘y o‘tkazish yana taqiqlandi
Jamiyat
−
08 iyul 2020
22606O‘zbekiston Respublikasiga koronavirus kirib kelishi va tarqalishining oldini olish yuzasidan chora-tadbirlar dasturini qayta tayyorlash bo‘yicha Respublika maxsus komissiyasining qarori bilan joriy yilning 10 iyuldan 1 avgustga qadar karantin choralari kuchaytiriladi.
Qarorga ko‘ra, O‘zbekistonda yana tomosha, madaniy-ko‘ngilochar va boshqa ommaviy tadbirlarni o‘tkazish taqiqlanadi.
Qolaversa, to‘y hamda boshqa oilaviy marosimlarni o‘tkazishga ham taqiqlan o‘rnatilmoqda.
65 yoshdan oshgan shaxslarning jamoat joylarida, shuningdek, aholining ko‘chalarda va maydonlarda uch kishidan ortiq bo‘lib harakatlanishi cheklanadi.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonga Koronavirusning kirib kelishi va tarqalishining oldini olish yuzasidan chora-tadbirlar dasturini tayyorlash bo‘yicha Respublika maxsus komissiyasining qarori joriy yil 30 iyundagi qarori bilan “qizil”, “sariq” va “yashil” hududlarda oilaviy tantana, to‘y, ma’raka va marosimlarini 30 kishidan ortiq bo‘lmagan tartibda o‘tkazishga ruxsat berilgan edi.
LiveBarchasi