Toshkentda bitta to‘yda 79 kishi koronavirus yuqtirib oldi

Jamiyat

image

Poytaxt Toshkentning Yunusobod tumanida o‘tkazilgan to‘yda birdaniga 79 kishi koronavirus yuqtirib olgan. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vaziri Alisher Shodmonov “O‘zbekiston-24” telekanaliga bergan intervyusida ma’lum qilgan. 

Shodmonovning aytishicha, oxirgi 14 kunda koronavirus bo‘yicha aniqlangan holatlarning 52%i chet eldan kelgan fuqarolarda, 48%i esa mamlakat aholi orasida aniqlangan. 

Aholi orasida to‘y, turli marosim va oilaviy tadbirlar virusning tarqalishiga xizmat qilmoqda. Masalan, 4 ta to‘yda 110 ta kasallik aniqlangan, bundan tashqari, birgina Yunusobod tumanida o‘tkazilgan to‘yda 79 kishi virus yuqtirib olgan. 30 kishilik limitga rioya etish uchun bir kunda uch marta to‘y qilingan. 

Oxirgi bir oyda O‘rikzorda 35 ta, Yunusobod bozorida 39 ta, Chorsuda 11 ta, Abu Saxiyda 47 ta, Chilonzor buyum bozorida 52 ta holatda virus aniqlangan. Qurilish tashkilotlarida 200 dan ortiq kishida virus qayd etilgan.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonga Koronavirusning kirib kelishi va tarqalishining oldini olish yuzasidan chora-tadbirlar dasturini tayyorlash bo‘yicha Respublika maxsus komissiyasining qarori joriy yil 30 iyundagi qarori bilan “qizil”, “sariq” va “yashil” hududlarda oilaviy tantana, to‘y, ma’raka va marosimlarini 30 kishidan ortiq bo‘lmagan tartibda o‘tkazishga ruxsat berilgan edi. 


Maqola muallifi

Teglar

to'y Koronavirus O'zbekistonda

Baholaganlar

792

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing