O‘zbekistonda totalizator va bukmekerlikni reklama qilgan 10dan ortiq sayt bloklandi
Jamiyat
−
04 noyabr 2021
8787O‘zbekistonda totalizator va bukmekerlik faoliyatini reklama qilayotgan 10 dan ortiq saytga kirish cheklandi. Bu haqda AOKAda Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish agentligi matbuot kotibi Mohruxsor Tog‘ayeva ma’lum qildi.
Ma’lum bo‘lishicha, agentlik tomonidan joriy yilning o‘tgan davri mobaynida 19 mingdan ziyod o‘rganishlar o‘tkazilgan bo‘lib, shundan 10 ming holatda turli kamchiliklar aniqlangan va ularni tezkor bartaraf etish choralari ko‘rilgan. Xususan, o‘tkazilgan o‘rganishlar natijasiga ko‘ra, 168 holatda totalizator va bukmekerlik faoliyati reklama qilinganligi aniqlangan va ularning barchasi bartaraf etilgan.
Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish agentligi va AOKA hamkorligida amalga oshirilgan choralar tufayli 10 dan ortiq totalizator va bukmekerlik reklamasini noqonuniy ravishda yurituvchi saytlarga kirish cheklab qo‘yilgan.