O‘zbekistonda topilgan dinozavr miyasining 3D modeli yaratildi
Bu qiziq
−
06 iyun 2020
9186Sankt-Peterburglik paleontologlar O‘zbekistonda topilgan ankilozavrning bosh suyagi qismlari asosida miya va qon tomirlarining birinchi batafsil 3D virtual modelini yaratdilar. Tadqiqot natijalari "Biological Communications" jurnalida e’lon qilindi.
Ankilozavrlar Yerda taxminan 160 million yil oldin Yura davri o‘rtalarida paydo bo‘lgan va ular 66 million yil oldin yakunlangan dinozavrlar davrining oxirigacha mavjud bo‘lgan. Tadqiqot davomida mualliflar 1990 yillar oxiri va 2000 yillarning boshlarida O‘zbekistonning Qizilqum cho‘lidagi Jaraquduq hududida o‘tkazilgan bir qator xalqaro ekspeditsiyalarda ushbu dinozavr suyaklari topilgan. Jaraquduq taxminan 90 million yillik dinozavrlar, pterozavrlar, timsohlar, qushlar, sutemizuvchilar va boshqa umurtqali hayvonlarning ko‘plab topilmalari bilan tanilgan hudud hisoblanadi.
Tadqiqot mualliflari – Sankt-Peterburg universiteti paleontologlari, Rossiya Fanlar akademiyasining Zoologiya instituti va AQSHdagi Smitson institutining milliy tarix muzeyi mutaxassislari bilan birga bosh suyagining uchta bo‘lagidan foydalanib, dinozavr miya tuzilishining dastlabki uch o‘lchovli kompyuter ko‘rinishini amalga oshirishga muvaffaq bo‘lishdi.
"So‘nggi 15-20 yil ichida kompyuter tomografiyasining rivojlanishi tufayli biz dinozavrning miyasi va uning tuzilishi haqida ko‘proq ma’lumotga ega bo‘ldik", deydi tadqiqot mualliflaridan biri Ivan Kuzmin.
Bundan tashqari, ankilozavrlarning endokrin tomirlari zamonaviy kaltakesaklarning tomirlariga, bizgacha etib kelgan dinozavrlarning eng yaqin qarindoshlari - timsohlar va qushlarga qaraganda ko‘proq o‘xshash bo‘lib chiqdi.
Taqqoslash natijasida qadimgi hayvonlar miyasining massasi zamonaviy hayvonlar miyasining massasini yarmini tashkil etishi aniqlandi. Uch metrli ushbu dinozavr miyasining og‘irligi atigi 26,5 grammga teng. Bu xuddi ikki dona yong‘oq massasiga teng. Lekin ularning hid bilish qobiliyati juda o‘tkir bo‘lganligi aytilmoqda.
Mualliflar evolyutsiya natijasida ankilozavrlar kattalashib borganini ta’kidlashmoqda. Ularning aytishicha, miyaning o‘zi qanchalik katta ekanligini, uning qismlari qayerda joylashganligini, tomirlar va asab tolalari aniq qayerda joylashganligini tushunish uchun qo‘shimcha tadqiqotlar talab etiladi.