O‘zbekiston Osiyoning eng qimmat 3-terma jamoasiga aylandi

Sport

image

Abduqodir Husanov va Abbosbek Fayzullayevning transfer narxi sezilarli darajada oshishi natijasida O‘zbekiston terma jamoasi Osiyoning eng qimmat 3-jamoasiga aylandi. Bu haqda “Transfermarkt” xabar berdi.

Hozirga kelib, "oq bo‘rilar"ning transfer qiymati 48,1 million yevroga yetdi. Srechko Katanets shogirdlari bu borada Eron terma jamoasini ortda qoldirdi. Forslar terma jamoasining umumiy qiymati 47,9 million yevroni tashkil etmoqda.

289 million yevrolik qiymat bilan Yaponiya terma jamoasi Osiyoning eng qimmat jamoasi bo‘lib turibdi. 2-o‘rinni band etgan Janubiy Koreya terma jamoasining narxi esa 163,8 million yevroga baholangan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Abbosbek Fayzullayevning transfer qiymati 2 million yevroga oshgani xabar qilingandi. Hozirga kelib 21 yoshli futbolchining transfer narxi 8 million yevroga teng. Abduqodir Husanovning qiymati esa 6 million yevroga oshdi va O‘zbekistonning eng qimmat futbolchisiga aylandi.


Maqola muallifi

Teglar

O'zbekiston Osiyo Abduqodir Husanov Abbosbek Fayzullaev

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing