O‘zbekistonda tezyurar poyezdlarning chipta narxi qimmatladi
Jamiyat
−
05 yanvar
617820 yanvardan boshlab yuqori tezlikda harakatlanuvchi “Afrosiyob” elektropoyezdlari hamda “Sharq”, “Nasaf” va “O‘zbekiston” tezyurar poyezdlarining chipta narxi 20 foizga oshadi. Bu haqda O‘zbekiston temiryo‘llari ma’lum qildi.
Qayd etilishicha, chipta narxlari oshishiga temiryo‘l infratuzilmasini isloh qilish, elektr energiyasi – yoqilg‘i, logistika va transport xarajatlarini qoplash, shuningdek, yo‘lovchi vagonlari parkini yangilash, yangi yuqori tezlikda harakatlanuvchi elektropoyezdlarni xarid qilish, temiryo‘l vokzallarini davr talablariga muvofiq saqlash sabab qilib ko‘rsatilgan. “Afrosiyob” yuqori tezlikdagi elektr poyezdlariga chiptalar narxi:
Toshkent – Buxoro – Toshkent
- VIP – 636 000 so‘m
- Biznes – 462 000 so‘m
- Ekonom – 336 000 so‘m
Toshkent – Qarshi – Toshkent
- VIP – 534 000 so‘m
- Biznes – 390 000 so‘m
- Ekonom – 282 000 so‘m
Toshkent – Samarqand – Toshkent
- VIP – 396 000 so‘m
- Biznes – 276 000 so‘m
- Ekonom – 204 000 so‘m etib belgilandi.
“Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023 yil 10 oktyabrdagi "O‘zbekiston Respublikasi temiryo‘l transporti sohasini tubdan isloh qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi PQ 329-sonli Qaroriga muvofiq 2024 yil 1 yanvardan boshlab yuqori tezlikdagi va tezyurar poyezdlarda yo‘lovchilarni tashish xizmatlari tariflarini davlat tomonidan tartibga solish amaliyotidan voz kechish, shuningdek, ularni bozor tamoyillari asosida tartibga solish mexanizmiga o‘tish amalga oshirildi”, deyiladi xabarda.
LiveBarchasi