JCH finali chiptalari rekord darajada qimmatladi

Sport

image

2026 yilgi Jahon chempionati finali uchun chiptalar turnir tarixidagi eng qimmat narxlarda sotilmoqda. FIFA ilk bor joriy etgan dinamik narxlash tizimi tufayli final uchrashuvi uchun chipta narxlari talabga qarab bir necha bor oshirildi.

ESPN ma’lumotlariga ko‘ra, musobaqaning dastlabki sotuv bosqichida final uchun eng qimmat 1-toifa chiptasi 6 730 dollar etib belgilangan. Keyingi bosqichlarda esa ushbu chiptaning rasmiy narxi 10 990 dollargacha ko‘tarilgan.

Shu bilan birga, FIFA keyinchalik yanada yuqori toifadagi “Front Category” o‘rinlarini ham sotuvga chiqardi. Ularning rasmiy narxi 32 970 dollargacha yetgan.

“Reuters” ta’kidlashicha, 2026 yilgi Jahon chempionatining chiptalarida birinchi marta dinamik narxlash amaliyoti qo‘llanilmoqda. Bu tizim talab ortishi bilan chipta narxlarini avtomatik ravishda oshirish imkonini beradi. Natijada turnirning pley-off bosqichi va finali uchun ikkilamchi bozordagi narxlar rasmiy qiymatdan bir necha barobar yuqoriga chiqqan.

So‘nggi kunlarda ayrim ijtimoiy tarmoqlar va saytlarda final chiptalari “10 mingdan 61 ming dollargacha” degan ma’lumot tarqaldi. Biroq hozircha FIFA yoki ishonchli xalqaro nashrlarda 61 ming dollarlik rasmiy final chiptasi haqida tasdiqlangan ma’lumot mavjud emas. Bunday raqamlar, asosan, VIP paketlari yoki ikkilamchi bozordagi xususiy takliflar bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin.
 


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing