O‘zbekistonda tarovih namozini o‘qish vaqtlari e’lon qilindi

Jamiyat

image

Ertaga, 18 fevral kuni xufton namozidan so‘ng O‘zbekistondagi masjidlarda tarovih namozi boshlanadi. Bu haqda O‘zbekiston musulmonlari idorasi matbuot xizmati xabar berdi.

Mamlakatning 14 ta hududidagi masjidlarda tarovih namozining boshlanish vaqtlari: 

  • Andijon – 20:20;
  • Farg‘ona – 20:20;
  • Namangan – 20:20;
  • Toshkent viloyati – 20:30;
  • Toshkent shahri –– 20:30;
  • Sirdaryo – 20:30;
  • Jizzax – 20:30;
  • Samarqand – 20:40;
  • Surxondaryo – 20:40;
  • Navoiy – 20:40;
  • Buxoro – 20:40;
  • Qashqadaryo  – 20:45;
  • Xorazm – 21:00;
  • Qoraqalpog‘iston  Respublikasi – 21:00.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekistonda joriy yilda Ramazon oyi 19 fevraldan boshlanishi haqida xabar berilgan edi. Respublika bo‘ylab 2000 dan ortiq masjidda tarovih namozlari o‘qiladi.  


Maqola muallifi

Teglar

Ramazon oyi tarovih namozi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing