O‘zbekistonda taqiqlangan ekstremistik va terroristik kontentlar ro‘yxati e’lon qilindi
Jamiyat
−
11 yanvar
16254O‘zbekiston Respublikasi Din ishlari bo‘yicha qo‘mitasi 2024 yil 10 yanvar holatiga ko‘ra, ekstremizm va terrorizm g‘oyalari bilan yo‘g‘rilgan deb topilgan, respublika hududiga olib kirish, tayyorlash, tarqatish va namoyish etish taqiqlangan materiallar ro‘yxatini e’lon qildi.
Unda Facebook, Telegram, Instagram, YouTube, Odnoklassniki, TikTok'dagi sahifalar, saytlar keltirilgan.
Ushbu ro‘yxatga kiritilgan materiallar O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi tomonidan ekstremizm, terrorizm va diniy aqidaparastlik g‘oyalari bilan yo‘g‘rilgan, deb topilgan. Shu sababli, Din ishlari bo‘yicha qo‘mita fuqarolardan duch kelgan elektron kitob, maqola va ilovalarni, tekshirilmagan foto va video materiallarni yuklab olmaslik hamda shubhali audiolarni tinglamaslikni so‘ragan.
LiveBarchasi