Ukraina rus tilini himoya qilinadigan tillar ro‘yxatidan chiqarib tashladi

Olam

image

Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy rus tilini Yevropa Xartiyasi bo‘yicha himoya qilinadigan tillar ro‘yxatidan chiqarish haqidagi qonunni imzoladi. Bu haqda “Meduza” xabar berdi.

U bu qarorni Ukraina til muhitini himoya qilish va Kiyevning Yevropa oldidagi majburiyatlarini bajarishdagi muhim qadam deb atadi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, Yevropa Xartiyasiga qo‘shilgan davlatlar hujjatni ratifikatsiya qilish vaqtida qaysi tillar himoya qilinishini o‘zlari belgilaydi. Dastlab Ukrainada rus tili ushbu ro‘yxatga kiritilgan edi.

2024 yilning dekabrida Oliy Radaga xartiya tarjimasini aniqlashtirish va tillar ro‘yxatini o‘zgartirish bo‘yicha qonun loyihasi kiritilgan, keyinchalik u qabul qilingan. Natijada ro‘yxatdan rus tili hamda mavjud bo‘lmagan “moldovan” tili chiqarib tashlangan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Qozog‘istonda rus tilidan foydalanish bo‘yicha ifoda yangi Konstitutsiya loyihasida o‘zgartirilgandi.

31 yanvar kuni konstitutsiyaviy islohotlar bo‘yicha komissiya Qozog‘istonning yangi Konstitutsiyasi loyihasini e’lon qilgan edi. 9-moddada davlat tashkilotlari va mahalliy o‘zini o‘zi boshqarish organlarida qozoq tili bilan “teng ravishda” rus tilidan ham rasmiy foydalanilishi yozilgan edi. Endilikda “teng ravishda” so‘zi “bilan bir qatorda” iborasiga almashtiriladi.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing