O‘zbekistonda limitdan ortiq suv sarflanyapti – vazirlik
Jamiyat
−
13 avgust 2022
10950O‘zbekistonda kunlik sug‘orish ishlariga 2486 m3/sek suv sarflanyapti. Bu belgilangan limitdan 16 foizga ko‘p. Bu haqda Suv xo‘jaligi vazirligi Matbuot xizmati rahbari Shuhrat Suyunov brifingda ma’lum qildi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, joriy yilning 1 aprelidan 10 avgustigacha 21 mlrd. 419 mln m3 suv olish limiti ajratilgan bo‘lib, amalda 22 mlrd. 269 mln. m3 suv olingan (104 foiz).
Respublika bo‘yicha kunlik sug‘orish ishlariga 2146 m3/sek suv olish limiti ajratilgan, amalda esa 2486 m3/sek (limitga nisbatan 116 foiz) suv yetkazib berilmoqda.
Kunlik olinayotgan suv bilan jami 105 ming gektar maydon, shundan, 47 ming gektar g‘o‘za, 24,3 ming gektar takroriy ekinlar hamda 33,4 ming gektar tomorqa va boshqa ekin maydonlari sug‘orilmoqda.
Qayd etilishicha, bugungi kunda O‘zbekiston suv omborlarida jami 9,6 mlrd m3 yoki o‘tgan yilga nisbatan 1,5 mlrd m3 ko‘p, suv ta’minotida muhim o‘rin tutadigan qo‘shni davlatlardagi To‘xtagul suv omborida esa 13,0 mlrd m3 yoki o‘tgan yilga nisbatan 1,1 mlrd.m3 ko‘p, Qayroqqum suv omborida 2,2 mlrd. m3 yoki o‘tgan yilga nisbatan 304 mln m3 ko‘p, Nurek suv omborida 10,5 mlrd.m3 yoki o‘tgan yilga nisbatan 109 mln.m3 ko‘p suv zaxirasi mavjud.
LiveBarchasi