O‘zbekistonda Suv kodeksi qabul qilinadi
Jamiyat
−
17 avgust
6513O‘zbekistonda Agrar va suv xo‘jaligi masalalari qo‘mitasi tomonidan “O‘zbekiston Respublikasining Suv kodeksini tasdiqlash to‘g‘risida”gi qonun loyihasi muhokamasiga bag‘ishlangan ishchi guruh yig‘ilishi o‘tkazildi. Bu haqda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi xabar berdi.
Yig‘ilishda qonun loyihasi atroflicha ko‘rib chiqilib, uni birinchi o‘qishda yalpi majlisda muhokama qilish jarayonida deputatlar tomonidan berilgan bir qator takliflar tahlil qilindi.
Qayd etilishicha, qonun loyihasining qabul qilinishi mamlakatning suv xavfsizligiga erishish, global suv taqchilligi kuchayib borayotgan davrda barcha iqtisodiyot tarmoqlarining va atrof-muhitning suvga bo‘lgan ehtiyojini qondirish, suv resurslaridan oqilona foydalanish, suv infratuzilmasining va sug‘oriladigan yerlarning holatini yaxshilashga xizmat qiladi.
Hozirda mas’ul qo‘mitada qonun loyihasini takomillashtirish ishlari davom etmoqda.
Eslatib o‘tamiz, 2020 yilning iyul oyida O‘zbekistonda Suv kodeksi ishlab chiqilishi haqida xabar berilgandi. Unda ushbu kodeks suv resurslarini boshqarish, suvdan samarali foydalanish va suvni iste’mol qilish bo‘yicha samarali mexanizmlarni joriy etish maqsadida ishlab chiqilayotgani ma’lum qilingandi.
LiveBarchasi