O‘zbekistonda so‘nggi 9 oyda qiz ko‘p tug‘ildimi yoki o‘g‘il?

Jamiyat

image

O‘zbekistonda so‘nggi 9 oyda 716 885 nafar bola tug‘ilgan. Bu haqda Statistika agentligi xabar bermoqda.

Ma’lum qilinishicha, 2023 yilning yanvar-sentyabr oylarida FHDYO organlari tomonidan O‘zbekiston Respublikasida 716 885 nafar tirik tug‘ilish holatlari qayd etilgan.

Ta’kidlanishicha, bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 5,1 foizga oshgan. 

2023 yilning 9 oyida tug‘ilganlarning 371 597 nafarini o‘g‘il bolalar, 345 288 nafarini qiz bolalar tashkil etmoqda.

Ma’lumot o‘rnida, O‘zbekistonda 1991 yilda kuzatilgan yuqori tug‘ilish darajasi 2008-2010 yillarga qadar muntazam ravishda pasayib bordi. Aholining har uchta reproduktivlik ko‘rsatkichi 30-40 foiz tushib ketdi. 2011 yildan boshlab tug‘ilish darajasi tiklanish va barqaror o‘sish tendensiyasiga o‘tdi.


Maqola muallifi

Teglar

FHDYo statistika

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing