O‘zbekistonda shokolod importi uchun boj 15 foizdan 30 foizgacha oshirilyapti
Jamiyat
−
12 Oktabr 2019
5593O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning joriy yil 2 oktyabr kuni “2019 yil 29 iyun kungi PQ-3818-sonli «O‘zbekiston Respublikasining tashqi iqtisodiy faoliyatini yanada tartibga solish hamda bojxona-tarif jihatdan tartibga solish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi Qarori”ga o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida”gi qaror imzoladi.
Qarorda qayd etilgan o‘zgartishlarga binoan, 2020 yil 1 yanvardan boshlab hozirda nol stavkada bo‘lgan 300dan ortiq turdagi tovarlarni O‘zbekiston Respublikasi hududiga olib kirishda import boji joriy etiladi.
Xo‘sh, o‘zgartish va qo‘shimchalarga binoan qanday tovar va mahsulotlarga davlat boji o‘rnatilyapti?
Bular:
• antikvarlar;
• velosipedlar;
• tirik baliq;
• dengiz mahsulotlari;
• shokolad;
• qandolat mahsulotlari;
• asbest;
• metall tola;
• quyma shisha;
• prujinalar;
• mis sim v.b.
Bularni mamlakat hududiga olib kirishda 5 foiz va undan yuqori qiymatda boj to‘lash kerak bo‘ladi.
Shuningdek, tarkibida kakao bo‘lmagan shakardan tayyorlangan qandolat mahsulotlari uchun import boji ayni vaqtda amalda bo‘lgan 20 foizdan 30 foizgacha oshiriladi.
Shokolad va tarkibida kakao bo‘lgan boshqa tayyor oziq-ovqat mahsulotlari uchun import boji stavkasi hozirgi 15 foizdan 30 foizgacha oshiriladi.
Eslatib o‘tamiz, 2018 yilda qandolat mahsulotlari va shokolad uchun import boji stavkasi 10 foiz bo‘lgan.
Boj solinadigan tovarlar ro‘yxati bilan ushbu ro‘yxatda tanishishingiz mumkin.
LiveBarchasi