O‘zbekistonda shinalar uchun utilizatsiya to‘lovi undirilmoqchi
Jamiyat
−
26 noyabr 2023
123702024 yil 1 iyuldan avtomobil shinalari uchun utilizatsiya yig‘imini undirish taklif qilinmoqda. Bu haqda Iqtisodiyot va moliya vazirligining 2024-2026 yillarga mo‘ljallangan byudjetnomasida ma’lum qilingan.
Davlat byudjeti loyihasiga ko‘ra, 2024 yil 1 iyuldan avtomobil shinalarining har bir kilogrami uchun bazaviy hisoblash miqdorining (BHM) 0,3 foizi shaklida utilizatsiya yig‘imini undirish taklif qilinmoqda.
Aniqlik kiritilishicha, 4 ta shina (balon) yengil avtomobillar uchun o‘rtacha 6 kg dan 17 kg gacha bo‘lsa, ular uchun 6 200 so‘mdan 16 200 so‘mgacha yig‘im undiriladi. Mazkur yig‘imni xaridorlar emas balki, shina ishlab chiqaruvchilar yoki chetdan import qilayotganlar to‘laydi.
Shuningdek, yig‘im bitta yangi ishlab chiqarilgan shina uchun bir marta to‘lanadi, ya’ni har yili undirilmaydi. Qo‘shimcha qilinishicha, fuqarolar avtomobil sotib olib uning balonlarini istalgan o‘lchamdagi boshqa balonga almashtirmoqchi bo‘lganida ham utilizatsiya yig‘imi to‘lamaydi.
Utilizatsiya yig‘imidan tushgan pullar esa “Yashil makon” dasturlarini amalga oshirish uchun sarflanadi.
Biroq bu o‘zgarish O‘zbekiston bozorida shina narxlari sezilarli darajada ko‘tarilishiga olib kelmasligiga kafolat berib bo‘lmaydi. Chunki utilizatsiya yig‘imini undirilgan tadbirkor katta ehtimol bilan to‘lagan pulini xaridorning cho‘ntagidan qaytarib ola boshlaydi.
LiveBarchasi