O‘zbekistonda sentyabrda narx-navo qanchaga o‘sgani ma’lum bo‘ldi

Jamiyat

image

Joriy yilning sentyabrida o‘rtacha iste’mol narxlari va tariflari darajasi oy davomida 1,4 foizga ko‘tarildi. Bu haqda Davlat statistika qo‘mitasi xabar berdi.

2020 yilning yanvar-sentyabr oylari davomida iste’mol bozoridagi narxlar va tariflar 6,3 foizga oshgan.

Yillik davrda (2019 yilning sentyabriga nisbatan) tovarlar va xizmatlar narxlarining o‘rtacha o‘sish sur’ati 11,7 foizni tashkil etgan. Solshtirish uchun, 2019 yilning sentyabrida tovarlar va xizmatlar narxlari oy davomida o‘rtacha 1,3 foizga ko‘tarilgan.

Joriy yilning sentyabr oyi davomida oziq-ovqat mahsulotlari narxi o‘rtacha 2,2 foizga, nooziq-ovqat mahsulotlar 1,0 foizga va xizmatlar 0,5 foizga qimmatlashdi.


Maqola muallifi

Teglar

statistika

Baholaganlar

87

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing