O‘zbekistonda sanoat ishlab chiqarishi pasaydi
Jamiyat
−
20 may 2020
64852020 yilning yanvar-aprel oylarida O‘zbekistonda korxonalar 104,2 trln so‘mlik sanoat mahsulotari ishlab chiqardi. Bu haqda Davlat statistika qo‘mitasi ma’lum qildi.
2019 yilning yanvar-aprel oylariga nisbatan sanoat ishlab chiqarishning fizik hajm indeksi (Sanoat ishlab chiqarishining fizik hajmi indeksi ishlab chiqarilgan mahsulotlar (ishlar, xizmatlar) hajmining taqqoslanadigan davrlardagi o‘zgarishini tavsiflovchi nisbiy ko‘rsatkichdir) 94,6 foizni tashkil etdi.
Sanoat ishlab chiqarish tarkibida eng katta ulush ishlab chiqaradigan sanoat hissasiga to‘g‘ri kelib, uning jami sanoat ishlab chiqarishdagi ulushi 78,4 foizni tashkil etdi.
Jami sanoat ishlab chiqarish fizik hajmi pasayishining asosiy omili bo‘lib, tog‘-kon sanoati va ochiq konlarni ishlash sanoatida - 18,3 foizga, ishlab chiqaradigan (qayta ishlash) sanoatning - 2,5 foizga hamda suv bilan ta’minlash, kanalizatsiya tizimi, chiqindilarni yig‘ish va utilizatsiya qilishda - 11,4 foizga pasayish kuzatildi.
Shuningdek, elektr, gaz, bug‘ bilan ta’minlash va havoni konditsiyalashning - 5,5 foizga o‘sishi kuzatildi.
Ko‘rsatilgan davrda tog‘-kon sanoati va ochiq konlarni ishlash sanoati korxonalari – 12,7 trln so‘mlik, ishlab chiqaradigan (qayta ishlash) sanoati sub’ektlari – 81,7 trln so‘mlik, suv bilan ta’minlash, kanalizatsiya tizimi, chiqindilarni yig‘ish va utilizatsiya qilish korxonalari – 0,7 trln so‘mlik va elektr, gaz, bug‘ bilan ta’minlash va havoni konditsiyalash korxonalari – 9,1 trln so‘mlik mahsulot ishlab chiqardi.
LiveBarchasi