O‘zbekistonda “Roma” akademiyasi tashkil etiladi

Sport

romaa
0:00
0:00
download

Kecha, 18 yanvar kuni O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi rahbariyati hamda Italiyaning “Roma” klubi vakili Karlos Perez o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi. 

Unda O‘FA vakillari tomonidan O‘zbekistonda “Roma” klubi akademiyasini tashkil etish imkoniyatlari haqida aytib o‘tildi. Shuningdek, o‘zbekistonlik iqtidorli futbolchilar hamda murabbiylarni Italiyada malaka oshirish va tajriba almashishlarini yo‘lga qo‘yish masalasi muhokama qilindi. Yevropada mavqei yuqori hisoblangan “Roma” klubining marketing tizimini o‘rganib chiqib, O‘zbekistonda tatbiq etish taklifi ilgari surilgan. 

Eldor Shomurodov kabi yetakchi futbolchilarning xorijiy klublardagi faoliyatiga oid maxsus filmlar tasvirga olish, bu orqali yosh futbolchilarning motivatsiyasini oshirish hamda professionallikka intilishlariga turtki bo‘lishi mumkinligini ta’kidlandi. 

O‘FA rahbariyati Yevropaning yetakchi chempionatlari va klublarida O‘zbekiston brendini ilgari surish bo‘yicha o‘z takliflarini o‘qib eshittirgan. 

Shuningdek, Karlos Perez kelajakda bu kabi istiqbolli loyihalarni birgalikda amalga oshirishga doimo tayyor ekanligini ta’kidlab, mamlakatda ko‘plab iqtidorli futbolchilar mavjudligi, ular jahon maydonlarida o‘zlarining iste’dodlarini ko‘rsatib kelayotganligini Eldor Shomurodov misolida e’tirof etdi. 


Maqola muallifi

Teglar

O'FA Roma Shomurodov

Baholaganlar

67

Reyting

3.2

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing