O‘zbekistonda rejalashtirilgan bir nechta ixcham GESlar qurilmaydi
Jamiyat
−
19 avgust 2019
5759“O‘zbekgidroenergo” AJ Jizzax viloyatidagi Zomin suv omboridan chiqadigan kanalda quvvati 200 kVt. bo‘lgan mikroGES qurilishi bo‘yicha pilot loyihasini amalga oshirdi.
Ushbu loyiha natijalarini hisobga olgan holda, kompaniya va “Gidroloyiha” AJ loyiha instituti mutaxassislari Andijon, Jizzax, Namangan, Qashqadaryo, Samarqand va Farg‘ona viloyatlariga chiqib, mikroGES qurish uchun eng istiqbolli uchastkalarni qo‘shimcha ravishda o‘rgandi.
Oldinroq rejalashtirilgan Jizzax, Namangan, Sirdaryo va Xorazm viloyatlaridagi 32 ta mikroGES qurilishi maqsadga muvofiq bo‘lmaydi, degan xulosaga kelindi. Bunga suv oqimi yetarlicha davomli emasligi, suv bosimi (1 – 4,5 metr) va kanal bo‘yicha suv sarfi (0,25 – 4 kub m/sek) pastligi sabab qilib keltirildi.
Andijon (6), Qashqadaryo (2), Samarqand (5) va Farg‘ona (1) viloyatlarida yangi mikroGESlarni qurish uchun suv oqimlarining 14 ta istiqbolli uchastkasi aniqlandi. Bu yerda suv bosimi (6 – 90 metr), suv sarfi (1 – 8 kub m/sek) hamda bir yil mobaynida suv oqimi rejimlarining davomiyligi ancha yuqori.
Shu tariqa, hammasi bo‘lib 19 ta mikroGES quriladi, ularning jami hisob-kitob quvvati 10 055 kVt.ni tashkil etadi. Qurilish xarajatlari 12 mln. AQSH dollaridan ortiqni tashkil etadi. 2019 yilning IV choragi va 2020 yilning III-IV choraklarida ishga tushirish mo‘ljallangan.
Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 13.08.2019 yildan kuchga kirdi”.
LiveBarchasi