O‘zbekistonda raqamli markirovkalash qoidalarini buzganlik uchun javobgarlik belgilandi

Jamiyat

image

Endi ishlab chiqaruvchilar, import qiluvchilar va sotuvchilar tomonidan tovarlarni (mahsulotlarni) identifikatsiya qilish yo‘li bilan majburiy raqamli markirovkalash qoidalarini buzish sotuv amalga oshirilgan oxirgi hisobot choragida olingan sof daromadga teng miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi. Bu haqda joriy yilning 13 iyunidan boshlab kuchga kirgan “Soliq ma’muriyatchiligi takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi qonunda belgilangan.

Qonunga muvofiq, xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarning oziq-ovqat mahsulotlarini va sanoat tovarlarini (mahsulotlarini) ularning sifatini va ishlab chiqarish markasini tasdiqlaydigan hujjatlarsiz sotishi, xuddi shuningdek sotish maqsadida olish tovarlarni (mahsulotlarni) musodara qilib, fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining uch baravaridan besh baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa BHMning besh baravaridan o‘n baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.

Xuddi shunday huquqbuzarlik ma’muriy jazo chorasi qo‘llanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etilgan bo‘lsa, tovarlarni (mahsulotlarni) musodara qilib, fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining besh baravaridan o‘n baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa o‘n baravaridan o‘n besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.

Tovar belgisida ishlab chiqaruvchining nomi va joylashgan yeri to‘g‘risida axborot mavjud bo‘lmagan tovarlarni realizatsiya qilish, xuddi shuningdek realizatsiya qilish maqsadida olish mansabdor shaxslarga bazaviy hisoblash miqdorining o‘n baravaridan o‘n besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.

Qonunchilikda majburiy raqamli markirovkalanishi belgilangan tovarlarni (mahsulotlarni) ishlab chiqaruvchilar va import qiluvchilar tomonidan identifikatsiya vositalari orqali majburiy raqamli markirovkalash qoidalarini buzish mansabdor shaxslarga bazaviy hisoblash miqdorining yuz baravari miqdorida jarima solishga sabab bo‘ladi.

Bundan tashqari, Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 166-moddasiga ko‘ra, ishlab chiqaruvchilar, import qiluvchilar va sotuvchilar tomonidan tovarlarni (mahsulotlarni) identifikatsiya qilish yo‘li bilan majburiy raqamli markirovkalash qoidalarini buzish sotuv amalga oshirilgan oxirgi hisobot choragida olingan sof daromadga teng miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.


Maqola muallifi

Teglar

ma'muriy javobgarlik raqamli markirovkalash

Baholaganlar

58

Reyting

3.3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing