Skuter va mopedlarda qilingan huquqbuzarlikka ma’muriy javobgarlik belgilanmoqda
Jamiyat
−
16 iyul
4123Bugun, 16 iyul kuni bo‘lib o‘tgan Oliy Majlis Qonunchilik palatasi Kengashining navbatdagi yig‘ilishida “O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksiga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish haqida”gi qonun loyihasi ikkinchi o‘qishda moddama-modda ko‘rib chiqildi.
Qonun loyihasi bilan mazkur kodeksga kichik hajmli elektr dvigatelli transport vositalarini va individual harakatlanish vositalarini boshqarish vaqtida sodir etilgan huquqbuzarliklar uchun ma’muriy javobgarlik kiritilmoqda. Foto va video qayd etish texnika vositalari orqali yozib olingan holat muayyan qisqa vaqt davomida qaror qabul qilinmagan taqdirda, huquqiy oqibatini keltirib chiqarmasligini nazarda tutuvchi o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish taklif qilinmoqda.
Shuningdek, kodeks avtomatlashtirilgan foto va video qayd etish texnika vositalari orqali yo‘l harakati qoidalari buzilganligi qayd etilgan hollarda transport vositasining mulkdori to‘g‘risida ma’lumot mavjud bo‘lmasa, shuningdek maxsus avtomatlashtirilgan foto va video qayd etish texnika vositalari orqali qayd etilgan yo‘l harakati qoidalari buzilishiga oid ma’lumotlar jarima solish to‘g‘risida qaror chiqarishga vakolatli bo‘lgan mansabdor shaxsga (ya’ni huquqbuzarga emas) 48 soat ichida yuborilmagan bo‘lsa, ishni ko‘rib chiqish tugatilishi haqidagi norma bilan to‘ldirilmoqda.
Tez tibbiy yordam va yong‘in-qutqaruv bo‘linmalari transport vositalari tomonidan sodir etilgan qoidabuzarliklar yuzasidan yuritilgan ma’muriy ishlarni ortiqcha qog‘ozbozlikdan voz kechgan holda tugatish tartibini joriy etish nazarda tutilmoqda.
Qayd etilishicha, deputatlar tomonidan uchinchi o‘qishda qabul qilingan ushbu qonun loyihasi yo‘l harakati qoidalariga rioya etilishini, yo‘l-transport hodisalarining oldi olinishi hamda yo‘llarda harakat xavfsizligini ta’minlash orqali fuqarolarning qonuniy manfaatlari samarali himoya qilinishiga xizmat qiladi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq yo‘l harakati qoidalariga skuter va elektrosamokatlar bo‘yicha qo‘shimcha kiritilishi haqida xabar berilgandi.
LiveBarchasi