O‘zbekistonda pul o‘tkazmalari hajmi keskin oshdi

Jamiyat

image

Joriy yilning birinchi yarim yilligida O‘zbekistonga jami 6,5 mlrd dollarlik transchegaraviy pul o‘tkazmalari kirib kelgan. Bu haqda  Markaziy bankning  “Pul-kredit sharoitlari sharhi”da keltirilgan.

Qayd etilishicha, mamlakatga kirib kelgan pul o‘tkazmalari hajmi 2022 yilning II choragida sezilarli darajada oshgan va o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 2,6 barobarga o‘sib, 5,1 mlrd dollarni tashkil etgan.

Shuningdek, joriy yilning yanvar-iyun oylaridagi ko‘rsatkich 2020 yilning mos davriga nisbatan 2 barobarga yuqori bo‘lgan hamda ma’lum jihatdan aholining iste’mol va investitsion faolligini qo‘llab-quvvatlashga xizmat qilmoqda.

Transchegaraviy pul o‘tkazmalarning keskin o‘sishi:

•  rubl almashuv kursining dollarga nisbatan sezilarli darajada mustahkamlanishi;

•  Rossiyadagi valyuta cheklovlari natijasida mehnat muxojirlarining pul o‘tkazmalarini norasmiy kanallar orqali emas rasmiy kanallar orqali yuborishga o‘tganligi;

•  Rossiyaga naqd pulda eksport qiluvchi kichik va o‘rta biznes sub’ektlarining ham mablag‘larini pul o‘tkazmalari kanallar orqali yuborilishi kabi omillar bilan izohlangan.


Maqola muallifi

Teglar

pul o'tkazmalari Transchegaraviy pul o'tkazmalari

Baholaganlar

328

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing