O‘zbekistonda pul birligi o‘zgartiriladimi? Izoh berildi

Jamiyat

image

Ijtimoiy tarmoqlarda o‘zbek so‘miga doir bo‘lgan bir qator xabarlar tarqaldi. Mazkur tarqalgan xabar yuzasidan Markaziy bank Matbuot xizmati munosabat bildirdi.

Unga ko‘ra, tarmoqlarda O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki ijtimoiy tarmoqlarda tarqalayotgan pul birligining denominatsiya qilinishi, ya’ni 1:10 000 nisbatda yangi pul belgilariga almashtirilishi hamda eski va yangi pul belgilari 2025 yilgacha parallel ravishda muomalada bo‘lishi to‘g‘risidagi xabarlar tarqalgan.

“Ushbu xabarlar hech qanday asosga ega emas, bugungi kunda pul birligini denominatsiya qilish masalasi O‘zbekiston Respublikasi Hukumati va Markaziy banki tomonidan ko‘zda tutilmagan”, deydi Markziy bank rahbari Mamarizo Nurmurodov.

Eslatib o‘tamiz, bundan oldin ham O‘zbekistonda yangi kupyura chiqqani haqida xabarlar e’lon qilinib, 400 ming so‘m deb yozilgan qog‘oz pul tasviri tarmoqlarda tarqalgandi. Keyinchalik bu xabarlar asossiz ekanligi rasmiy ravishda tasdiqlangan.


Maqola muallifi

Teglar

Markaziy bank so'm

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing