O‘zbekistonda Prezident sayloviga qancha pul sarflanishi aytildi
Jamiyat
−
19 may 2023
13618Markaziy saylov komissiyasi joriy yil 9 iyul kuni bo‘lib o‘tadigan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti sayloviga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish bilan bog‘liq xarajatlar smetasini 174 milliard 130 million so‘m pul miqdorida ishlab chiqdi. Bu haqda bugun, 19 may kuni Markaziy saylov komissiyasining O‘zbekiston Prezidenti sayloviga bag‘ishlangan navbatdagi majlisida ma’lum qilindi.
Ta’kidlanishicha, 2019 yilda vakillik organlari saylovida davlat byudjetidan ajratilgan umumiy mablag‘larning 19,8 foizi, 2021 yildagi prezidentlik saylovida 26 foizi va joriy yilda bo‘lib o‘tgan referendumda 13,5% byudjet mablag‘lari iqtisod qilingan.
“Markaziy saylov komissiyasi Saylov kodeksi talablariga rioya qilgan holda muddatidan ilgari prezidentlik sayloviga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish bilan bog‘liq xarajatlar smetasini 174 milliard 130 million so‘m miqdorida ishlab chiqdi. Mazkur mablag‘ avvalgi prezidentlik saylovi uchun ajratilgan mablag‘dan 41 foizga kam”, deydi MSK a’zosi Adham Ibodullayev.
Shuningdek, majlisda umumpartiyaviy tadbirlar va siyosiy partiya tomonidan ko‘rsatilgan nomzodlarning saylovoldi tashviqoti va targ‘ibot ishlarini amalga oshirishga ajratiladigan mablag‘lar 19 mlrd 655 mln so‘mni tashkil etishi ta’kidlangan. Bunda har bir nomzodga 4 mlrd 914 mln so‘mdan to‘g‘ri kelmoqda.
Majlisda saylovga tayyorgarlik ko‘rish va uning o‘tkazishga doir xarajatlar smetasi tasdiqlangan.
LiveBarchasi