O‘zbekistonda poyezdlar tezligiga cheklov o‘rnatildi
Jamiyat
−
29 iyul 2019
2674O‘zbekistonda kecha, 28 iyuldan e’tiboran poyezdlarning tezligiga yana cheklov o‘rnatildi. Cheklovga anomal issiq sabab sifatida ko‘rsatilmoqda. Bu haqda “O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi” AJ xabar bermoqda.
“O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi” AJ rahbariyati 2019 yil 28 iyuldan 31 iyulgacha Toshkent - Andijon, Toshkent - Urganch - Xiva, Toshkent - Qo‘ng‘irot, Toshkent - Termiz va Toshkent - Buxoro yo‘nalishlarida qatnovchi yo‘lovchi poyezdlarining harakat xavfsizligini ta’minlash maqsadida poyezdlar tezligiga cheklov belgilanganini ma’lum qilmoqda.
Yuqoridagilarni inobatga olgan holda “O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi” AJ tomonidan yo‘lovchilarga qo‘shimcha qulaylik yaratish maqsadida mazkur poyezdlarda bepul mineral suvlar tarqatish yo‘lga qo‘yilgani aytilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, “O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi” AJ joriy yilning 1, 8 iyul kunlari ham anomal issiq sabab poyezdlar tezligiga cheklov o‘rnatgan edi.
LiveBarchasi