Anomal issiq tufayli poyezdlar tezligi cheklanadi

Jamiyat

image

O‘zbekistonda kuzatilayotgan keskin issiq ob-havo tufayli yo‘lovchi poyezdlarining tezligi cheklanadi. Bu haqda “O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi” AJ matbuot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, harorat ko‘tarilishi oqibatida yerusti temiryo‘llarining relslari hamda ularning po‘lat qismlarida harorat juda yuqori bo‘lishini inobatga olib, yo‘lovchilar va poyezdlar harakat xavfsizligini ta’minlash maqsadida poyezdlar harakat tezligiga cheklovlar o‘rnatiladi.

Harakat tezligiga cheklovlar o‘rnatilgan poyezdlar sovitish tizimining ishlash quvvati pasayadi. Shuningdek, tezligiga cheklovlar o‘rnatilgan poyezdlar harakat jadvalida ko‘rsatilgan vaqtdan kechroq manzilga yetib borishi mumkin.

“O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi” AJ o‘z mijozlaridan anomal issiqlik tufayli yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan noqulayliklar uchun uzr so‘raydi”, deyiladi xabarda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq joriy yilning 16-19 iyun kunlari O‘zbekiston hududiga janubdan juda issiq havo oqimlari kirib kelishi va ba’zi joylarda havo harorati 43-44 darajagacha ko‘tarilishi xabar qilingandi.


Maqola muallifi

Teglar

Anomal issiq temiryo'l poezdlar tezligi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing