O‘zbekistonda pensiya yoshi oshiriladimi?
Jamiyat
−
26 iyun 17364 1 daqiqa
Avvalroq, Xalqaro valyuta jamg‘armasi O‘zbekistonda pensiya yoshini oshirishni taklif qilgani haqida xabar berilgandi. O‘zbekiston pensiya jamg‘armasi mazkur taklif yuzasidan munosabat bildirdi.
Qayd etilishicha, bugungi kunda O‘zbekistonda pensiya yoshini oshirish bo‘yicha hech qanday yakuniy qaror qabul qilinmagan.
Pensiya islohotini o‘tkazish bo‘yicha xalqaro ekspertlar tomonidan berilgan takliflar hozirda O‘zbekiston sharoitiga mosligi, aholining turmush darajasiga ta’siri va iqtisodiy oqibatlari tahlil qilinmoqda.
Bildirilishicha, pensiya tizimiga kiritiladigan har qanday o‘zgartirishlar, jumladan, pensiya yoshiga oid masalalar ham, albatta, keng jamoatchilik muhokamasidan so‘ng, xalqning fikri va manfaatlarini inobatga olingan holda bosqichma-bosqich amalga oshiriladi.
Qayd etish joiz, Xalqaro valyuta jamg‘armasi O‘zbekistonda pensiyaga chiqish yoshini bosqichma-bosqich oshirish, standart badal stavkasini bosqichma-bosqich ko‘tarish, ayrim tashkilot turlari uchun mo‘ljallangan imtiyozli badal stavkalarini bosqichma-bosqich bekor qilish, pensiya miqdorini butun mehnat faoliyati davomidagi o‘rtacha daromadga asoslash va pensiyalarni avtomatik tarzda narxlar asosida indeksatsiya qilishni joriy etishni taklif qilmoqda.
Live
Barchasi