O‘zbekistonda pensiya va nafaqa oluvchi fuqarolar soni ma’lum qilindi
Jamiyat
−
19 yanvar 2021
9148O‘zbekistonda 2021 yil 1 yanvar holatiga pensiya oluvchilarning umumiy soni 3 mln 824 mingni tashkil qilyapti. Bu haqda Moliya vazirligi huzuridagi byudjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi ma’lum qildi.
Jamg‘arma ma’lumotiga ko‘ra, pensiya oluvchilarning aholi sonidagi ulushi 11,2 foizni tashkil qilgan. Bu 2020 yil 1 yanvar holatiga nisbatan 147,2 ming nafar yoki 4 foizga ko‘p.
Shundan, 2 mln 849 ming nafari (74,3 foiz)ni yoshga doir pensiya, 386,5 ming nafari (10,1 foiz)ni nogironlik pensiya, 189,1 ming nafari (5,0 foiz)ni boquvchisini yo‘qotgan pensiya oluvchi oilalar va 400,3 ming nafari (10,6 foiz)ni nafaqa oluvchilar tashkil qildi.
2020 yilda 333 ming 450 nafar fuqarolarga yangi pensiya va nafaqalar tayinlangan.
Pensiya jamg‘armasining 2020 yil uchun daromadlar rejasi 20 trln 134 mlrd so‘m bo‘lib, ijrosi 20 trln 592 mlrd so‘mni (shundan, soliqlardan tashqari tushumlar miqdori 176,2 mlrd so‘mni) tashkil etgan.