1 fevraldan kimlarning pensiyalari oshirildi?

Jamiyat

image

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 30 dekabrdagi “O‘zbekiston Respublikasining “2021 yil uchun O‘zbekiston Respublikasining Davlat byudjeti to‘g‘risida"gi Qonuni ijrosini ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi PQ-4938-son qarori qabul qilindi.

Unga ko‘ra, 2021 yil 1 fevraldan boshlab byudjet muassasalari va tashkilotlari xodimlarining ish haqi hamda stipendiyalar miqdori 1,1 barobarga oshiriladi.

Qarorga asosan 2021 yil 1 fevraldan boshlab O‘zbekiston Respublikasi hududida:

•    mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdori – oyiga 747 300 so‘m;
•    bazaviy hisoblash miqdori – 245 000 so‘m;
•    Bola ikki yoshga to‘lgunga qadar bola parvarishi bo‘yicha nafaqa - 434 000 so‘m;
•    Kam ta’minlangan oilalarga beriladigan moddiy yordam -  326 000 dan 653 000 so‘mgacha

14 yoshgacha bolalari bo‘lgan oilalarga nafaqa:

•    bitta bolali oilalarga – 144 100 so‘m
•    ikkita bolali oilalarga – 238 700 so‘m
•    uchta va undan ortiq bolali oilalarga - 334 400 so‘m
•    Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatidagi muhtoj oilalarga bir martalik moddiy yordam - 434 000 dan 1 085 000 so‘mgacha oshirilishi belgilandi.

Bundan tashqari joriy yilning 1 fevralidan faxriy unvonga ega pensionerlar uchun to‘lov miqdori Qarorga asosan 1,1 barobarga oshirildi.

Ma’lumot uchun, ushbu qaror 2021 yil 1 fevraldan ish haqi 10 foizga oshirilishi haqida. Hujjat, avvalo, 2021 yilgi davlat byudjetini ijroga qaratish bilan bog‘liq.

Mavjud an’anaga ko‘ra, hali pensiya va nafaqa miqdorini oshirish bo‘yicha davlat rahbarining alohida farmon yoki qarori chiqishi lozim.

“Nega pensiyalar oshirilmayapti?” degan savollarga keladigan bo‘lsak, pensiyalar koronakrizis paytida, aniqrog‘i 2020 yilning 1 sentyabridan oshirilgan edi. U paytda byudjet xodimlari oyliklari oshishi muzlatib qo‘yilgan edi.


Maqola muallifi

Teglar

pensiya

Baholaganlar

3748

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing