O‘zbekistonda pensiya miqdori oshirilishi haqidagi xabarga rasmiy munosabat bildirildi
Jamiyat
−
21 dekabr 2020
36267Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan O‘zbekistonda pensiya miqdorining ikki baravar oshirilishi haqida xabarlarga Moliya vazirligi huzuridagi byudjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi rasmiy munosabat bildirdi.
“Bu – yolg‘on! Pensiya miqdorini qayta hisoblash O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni e’lon qilingandan so‘ng amalga oshiriladi va bu haqda jamg‘armaning rasmiy veb-saytida e’lon qilinadi”, deyiladi jamg‘arma xabarida.
Jamg‘arma ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilaridan bu kabi soxta xabarlarga ishonmaslikni, rasmiy manbalarga tayanib ma’lumot olishni so‘ragan va aholi o‘rtasida yolg‘on axborot tarqatganlik uchun javobgarlik mavjudligini eslatgan.
2020 yil 1 dekabr holatiga yoshga doir, nogironlik va boquvchisini yo‘qotganlik pensiyalar miqdori quydagicha: