O‘zbekistonda payshanba jismoniy tarbiya va sport kuni etib belgilandi
Sport
−
11:11
900O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev qarori bilan O‘zbekistonda payshanba jismoniy tarbiya va sport kuni etib belgilandi.
2025/2026 o‘quv yilidan sport maktablarini sport turlariga ixtisoslashtirish amaliyoti joriy etiladi.
2025/2026 o‘quv yilidan:
- sport maktablarini sport turlariga ixtisoslashtirish amaliyoti joriy etiladi;
- sport maktablarida ommaviy sport bo‘yicha trener-seleksioner lavozimi joriy etiladi;
- har bir ommaviy sport bo‘yicha trener-seleksionerga 5 tagacha mahalla va uning hududidagi davlat ta’lim muassasalari biriktiriladi;
- ommaviy sport bo‘yicha trener-seleksioner o‘ziga biriktirilgan hududda “Besh tashabbus olimpiadasi”, “Jismoniy tayyorgarlik darajasi” sport sinovlarini o‘tkazib borishga mas’ul hisoblanadi.
2025/2026 o‘quv yilidan hududlardagi Olimpiya va milliy sport turlari bo‘yicha davlat ixtisoslashtirilgan maktab-internatlar faoliyati yangicha tartibda tashkil qilinadi.
Jumladan:
- sport turlari bo‘yicha mahorat maktablari tashkil qilinadi;
- mahorat maktablari faoliyati sport turlari bo‘yicha iqtidorli yosh sportchilarni saralab olish va ularni terma jamoalarga asosiy nomzod sifatida tayyorlashga yo‘naltiriladi hamda alohida sport turlariga ixtisoslashtiriladi;
- mahorat maktablari o‘quvchi-sportchilarining umumiy kontingenti jami 150 nafardan ko‘p bo‘lmagan miqdorda 7–11-sinf o‘quvchilaridan iborat bo‘ladi;
- mahorat maktablari o‘quv dasturini o‘zlashtirgan va yakuniy davlat attestatsiyasidan o‘tgan 11-sinf bitiruvchilariga davlat namunasidagi umumiy o‘rta ta’lim to‘g‘risidagi shahodatnoma beriladi;
- mahorat maktablarida oziq-ovqat bilan ta’minlash xarajatlarini qisman qoplash uchun ota-onalar to‘lovi undirilmaydi.
LiveBarchasi