O‘zbekistonda Patent bojlari va to‘lovlar stavkalarida o‘zgarish bo‘ladi

Jamiyat

image

Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portalida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qaror loyihasi joylashtirildi.

Hujjat bilan O‘zbekistonda intellektual mulk sohasida davlat boshqaruvini takomillashtirish chora-tadbirlari doirasida mamlakatda Patent bojlari va to‘lovlari stavkalariga o‘zgartirish kiritish rejalartirilyapti.

Loyihada Patent bojlari va to‘lovlari stavkalariga quyidagi o‘zgartirishlar kiritish nazarda tutilgan:

1.2.2-bandning “b” kichik bandi birinchi – uchinchi satrlarining “Stavkalar (AQSH dollarida)” ustunidagi “1260”, “420” va “840” raqamlari tegishli ravishda “1200”, “400” va “800” raqamlari bilan almashtiriladi;

3.1-kichik bo‘limi 3.1.1-bandning to‘rtinchi satrdagi “Stavkalar (AQSH dollarida)” ustunidagi “600” raqami “550” raqami bilan almashtiriladi;

3.3-kichik bo‘limi 3.3.2-bandining ikkinchi va uchinchi satrlaridagi “Stavkalar (AQSH dollarida)” ustunidagi “1200” va “120” raqamlari tegishli ravishda “1100” va “100” raqamlari bilan almashtiriladi;

6-bo‘limning 6.5-kichik bo‘limida “1680” raqami “1500” raqami bilan almashtiriladi.

Vazirlar Mahkamasining 2006 yil 21 dekabrdagi 263-son qaroriga muvofiq belgilarni xalqaro ro‘yxatdan o‘tkazishda undiriladigan yakka tartibdagi bojlar stavkalarida:

a) 2.1-pozitsiyaning “Stavkalar (AQSH dollari)” ustunidagi “1800” raqami “1200” raqami bilan almashtiriladi;

b) 2.2-pozitsiyaning “Stavkalar (AQSH dollari)” ustunidagi “180” raqami “150” raqami bilan almashtiriladi;

v) 4.1-pozitsiyaning “Stavkalar (AQSH dollari)” ustunidagi “1200” raqami “1000” raqami bilan almashtiriladi;

g) 4.2-pozitsiyaning “Stavkalar (AQSH dollari)” ustunidagi “120” raqami “100” raqami bilan almashtiriladi.


Maqola muallifi

Teglar

patent boj intellektual mulk

Baholaganlar

13

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing